"Barselona" Koutino o'rniga Grizmann, Dibala yoki Lemarni xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 avg 2017, 13:36
"Barselona" rahbariyati "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni xarid qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani tufayli, B rejani amalga oshirmoqchi.

Kataloniya klubi braziliyalik o'rniga "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann, "Yuventus" forvardi Paulo Dibala yoki "Monako" yarim himoyachisi Toma Lemarni xarid qilmoqchi. Ko'k-anorranglilar ko'rsatib o'tilgan barcha klublar bilan bog'lanishga ulgurishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub rahbariyatidan barcha sovrinlarga da'vogarlik qiladigan tarkib yig'ishni so'ragan. Shu sababli ispan grandi transfer oynasi yopilguniga qadar yana bir futbolchi xarid qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo