"Barselona" jahon chempioniga qiziqib qoldi

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 00:35
"Barselona" "Sevilya" futbolchisi Stiven N'Zonzining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Fichajes" xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" PSJdan Adrien Rabo va "Ayaks"dan Frenk De Yongni transfer qila olmaganidan keyin amaldagi jahon chempionining xizmatlariga bo'lgan qiziqishni yangiladi.

Yarim himoyachi o'tgan mavsumda "Sevilya" tarkibida 44 uchrashuvda qatnashib, 1 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fichajes