"Barselona" "Inter"ga futbolchi almashtirishni taklif qildi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023, 16:52
"Barselona" va "Inter" futbolchi almashishlari mumkin.

Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi "neradzurri"dan Frank Kesseni Marcelo Brozovichga almashtirishni so'ragan. Biroq hozircha bunga "Inter" tomonidan javob berilmagan.

Ayni damda Brozovich JCH-2022da qabul qilib olingan jarohatini davolash bilan band. Turnirdan qaytganidan keyin u hali o'yinlarda ishtirok etgani yo'q. Ushbu mavsumda uning hisobida 10 o'yinda 2 gol bor.

Kesse esa yozda erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tdi. Ushbu mavsumda u 8 o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio