"Barselona" hujumchisini "Braga"ga sotib yuboradigan bo'ldi

Alisher
29 yanv 2020, 11:05
"Barselona"ning yosh hujumchisi Abel Ruis faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi.

20 yoshli futbolchi "Braga"ga o'tadi. Transfer narxi esa Portugaliya klubi uchun rekord narx - 10 million evro miqdorida bo'ladi.

Ruis - "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Barselona"ga ilk bor 2012 yilda kelgan. 2017 yildan esa "Barselona B" jamoasida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, Ruis bosh jamoadagi debyut o'yinini o'tgan yil La Liga doirasidagi "Xetafe" (2:0)ga qarshi o'yinda o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo