"Barselona" hujumchisi 25 mln evro evaziga sotishi mumkin

Alisher
14 iyul 2024, 01:40
"Barselona" forvardi Vitor Rokega boshqa klublar qiziqmoqda.

19 yoshli o'yinchi o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar"ning asosiy tarkibiga kira olmadi. Kataloniya grandi agar yaxshi taklif tushsa, braziliyalikni sotishga tayyor.

O'yinchiga hozirda "Lacio" qiziqish bildirmoqda, rimliklar hujumchini 25 mln evroga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Futbolchi "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo