

"Barselona" Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan Evan Ndikani safiga qo'shib olish borasidagi say-harakatlarni kuchaytirmoqda, deb xabar berdi "Sport1". 23 yoshli fransiyalik himoyachi yozda erkin agentga aylanadi. Bepul transfer imkoniyati moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan "Barselona"ni o'ziga tortmoqda.
Shuningdek, kataloniyaliklar Ndikaning kuchli tomonlariga shaxsan ishonch hosil qildi. Zero, aynan Frankfurtning "Ayntraxt" klubi 2022 yilning bahorida Yevropa Ligasi chorak finalida "Barselona"ni mag'lub etgandi.
Evan Ndika Frankfurt klubida 2018 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. U Bundesligada 119 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



