"Barselona" himoyachisi A Seriya klubiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 08:32
"Barselona" himoyachisi Marlon Santos "Sassuolo" klubiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Sassuolo" 22 yoshli braziliyalikka qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha futbolchi borasida Kataloniya klubiga rasmiy taklif yuborgani yo'q. Transfer 12 mln. evro evaziga amalga oshishi mumkin.

"Barselona" 2016 yilning yozida Marlonni "Fluminense"dan ijaraga olib, bir yildan so'ng futbolchining transfer huquqini sotib oldi. Himoyachi so'nggi mavsumni "Nicca"da ijarada o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Gianluca Di Marzio