“Barselona” Gerreyruni nishonga oldi

8 iyun 2020, 07:59
Portugaliyalik La Ligada paydo bo'lishi mumkin.

Takidlanishicha, “Barselona” “Borussiya D”ning 26 yoshli qanot himoyachisi Rafael Gerreyruga qiziqish bildirmoqda. Gerreyruning Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yozida yakuniga etadi.

Gerreyru “Barselona”dan ketishi kutilayotgan Xunior Firpoga o'rinbosar sifatida qaralmoqda.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasida 25 ta o'yinda 8 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola