"Bavariya" himoyachisi qachon safga qaytishi ma'lum
Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023, 15:18
Himoyachi Rafael Gerreyru bir yarim hafta avval "Bavariya" mashg'ulotida chap oyoq sonini shikastlab olgandi.
Bugun portugaliyalik individual dastur bo'yicha shug'ullana boshlagan. Gerreyru Germaniya chempionlari tarkibiga taxminan 10 kundan keyin qayta olishi aytilmoqda.