"Barselona" futbolchisi "Yuventus"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
26 iyul 2023, 00:35
"Barselona" yozda Frank Kessie bilan xayrlashishi kutilmoqda.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, Ispaniya chempionlari futbolchisining "Yuventus"ga ketishi borasida deyarli kelishuvga erishib bo'lishgan. O'tgan yozda erkin agent sifatida "Milan"dan o'tgan Kessie "Barselona"da asosiy futbolchiga aylana olmadi.

"Yuventus" esa ancha vaqtdan buyon kot-d'ivuarlik futbolchi bilan shartnoma imzolashni va u orqali yarim himoyasini kuchaytirishni reja qilib yuribdi. Turin klubi futbolchining transferi uchun 10-15 mln evro atrofida mablag' to'laydi.

Kessie o'tgan mavsum LaLiganing 28 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport