"Barselona" futbolchisi Turinga yetib keldi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020, 10:59
"Barselona" yarim himoyachisi Artur shanba tunida "Yuventus" uchun tibbiy ko'rikdan o'tish maqsadida Turinga yetib keldi.

23 yoshli braziliyalik futbolchi o'z huquqshunosi, otasi va akasi bilan birgalikda Turin aeroportidan chiqib ketayotgani videolari internetda tarqalib ketdi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, Arturning Turin klubiga transferi allaqachon kelishib bo'lingan. Shu orqali Miralem Pyanich "Barselona" futbolchisiga aylanadi.

U "Selta"ga qarshi bahsda 86-daqiqada maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es