"Barselona" futbolchisi Ronaldu bilan bir jamoada o'ynashni istamoqda

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 18:57
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

"Sport.es" xabariga ko'ra, uning "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi borasidagi xabar ishonchliroq. Chunki futbolchi Krishtianu Ronaldu effekti tufayli "Barselona"dan ketishni istamoqda.

Shuningdek, "Barselona"ga APL klublari ham taklif bilan chiqishmoqda. Biroq ular kataloniyaliklar so'rayotgan 35 million evrodan anchagina kam mablag' taklif qilishgan.

Oldinroq "Atletiko" Rakitich borasida 40 million evrolik taklif jo'natgandi. Biroq "Barselona" futbolchini asosiy raqibiga sotishni istamagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es