"Barselona" futbolchisi "Everton"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
31 avg 2017, 13:13
"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen faoliyatini yana Angliyada davom ettirishi mumkin.

Belgiyalik xizmatlariga "Everton" qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar 31 yoshli futbolchini xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.

Vermalen "Barselona"ga o'tishdan oldin Angliya chempionatida "Arsenal" sharafini himoya qilgan.

Vermalenning "Barselona" bilan shartnomasi 2019 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail