"Barselona" Flik bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
10 apr 2025, 21:59
"Barselona" va Xans-Diter Flik yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi.

"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, klub prezidenti Joan Laporta, sport direktori Deku murabbiyning agenti Pini Zahavi bilan uchrashgan va muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Klub rahbariyati germaniyalik murabbiyning ishidan hayratda ekanligini ma'lum qilgan va unga ishonch sifatida yangi haftada shartnoma taklif qilishni o'ylagan. Klub va Flik shartnomani uzaytirishga tayyor. Shartnoma muddati esa 2027 yil yozigacha mo'ljallanashi kutilmoqda.

Biroq "Barselona" chiqimlar limitini kamaytirmasa, ushbu shartnomani ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Ayni damda klub asosiy e'tiborni tarkibni kuchaytirishga qaratgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport