"Barselona" Feliksni olib qolmoqchimi?

Alisher
30 iyun 2024, 12:12
"Barselona" "Atletiko"ga tegishli bo'lgan hujumchi Joau Feliksni saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Xans Flik futbolchining qolishini xohlaydi, ammo kataloniyaliklar faqatgina yangi ijara variantini ko'rib chiqishmoqda. "Barsa" moliyaviy muammolar sabab o'yinchining shartnomasini xarid qila olmaydi.

Forvard o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport