

Arauxo Amerika kubogi-2024 chorakfinali doirasidagi Braziliyaga qarshi uchrashuvning 33-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Arauxoning tiklanishi uchun 8 hafta talab etilishi mumkin. U Barsaning Hans-Diter Flik qo'l ostida 10 iyuldan boshlanadigan mavsum oldi yig'inining dastlabki qismini o'tkazib yuboradi.
Bundan tashqari, tekshiruvlardan so'ng tibbiy taxminlar o'z tasdig'ini topsa, 25 yoshli himoyachi La Liganing avgustdagi dastlabki turlarini o'tkazib yuborishi mumkin.



