"Barselona" "Chelsi" himoyachisini kuzatmoqda

Mirjalol Normatov
16 noya 2021, 01:23
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta yozda jamoadan ketishi mumkin.

32 yoshli futbolchining klubi bilan kelishuvi 2022 yil yozida yakunlanadi. Ayni damda tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayotganini inobatga olib, qishda "Barselona" himoyachiga "og'iz solib ko'rmoqchi". Aspilikueta "Osasuna" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ushbu mavsumda Sesar APLning 8 o'yinida qatnashib, 2 golli pas amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN