"Barselona" bosh murabbiyligi uchun yana bir da'vogar paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 okt 2021, 14:53
"Barselona" rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga "Ayaks"da ishlayotgan Erik ten Xagni ishga taklif etmoqchi.

"Catalunya Radio" xabariga ko'ra, uning ishi klub prezidenti Joan Laportaga maqul keladi. Ayni damda jamoaning salbiy natijalari Ronald Kumanning iste'fosiga sabab bo'lishi mumkin.

Erikning "Barselona"da ish boshlashi mumkinligi borasidagi xabar oldin ham bir necha marta chiqarilgandi. Bir necha kun oldin Erik bu boradagi savolga javob bergisi kelmadi.

Ayni damda "Barselona" LaLiganing 7 o'yinida 12 ochko jamg'arib, 9-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Catalunya Radio