“Barselona” bo'lajak o'yin uchun 16 futbolchini qaydnomadan o'tkazdi, ulardan uch nafari darvozabon

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2020, 20:50
Ispaniya chempionatining so'nggi turi doirasida kataloniyalik safarda “Alaves” bilan o'ynaydi.

“Barselona” 19 iyul kungi bahs uchun uch darvozabon va 13 maydondagi futbolchini qaydnomaga kiritdi.

Darvozabonlar: Ter Shtegen, Neto, Arnau.

Himoyachilar: Semedu, Langle, Alba, Roberto, Arauxo.

Yarim himoyachilar: Buskets, De Yong, Vidal, Puch.

Hujumchilar: Suares, Messi, Braytveyt, Fati.

“Ro'yxatimizda 16 o'yinchi bor, boshqa yo'q. Biz hamjihat bo'lishimiz va Chempionlar Ligasi haqida o'ylashimiz kerak, u yerda diskvalifikaciya qilingan va jarohatlangan futbolchilarimiz bor”, deya bosh murabbiy Kike Setenning so'zlarini keltiradi AS.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As