"Barselona" "Ayaks"dan Antonini nishonga oldi. Muzokaralarda Dani Alves ishtirok etmoqda

Alisher
24 mar 2022, 13:47
"Barselona" "Ayaks" hujumchisi Antonini xarid qilmoqchi.

Qayd etish kerakki, braziliyalik kataloniyaliklarning yozgi transfer oynasidagi maqsadi bo'ladi.

Muzokaralar jarayonida asosiy rolni Antoni bilan 2019-2020 yillarda San-Pauluda o'ynagan "Barselona" himoyachisi Dani Alves bajarmoqda.

"Ayaks" braziliyalikni 40 mln evroga baholamoqda.

Antonining Amstyerdam klubi bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. 22 yoshli futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" tarkibida barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 10ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: UOL