"Barselona" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
21 avg 2025, 21:13
"Barselona" Jyul Kunde bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga qo'l qo'yishgan. Fransiyalikning bungacha bo'lgan shartnomasi 2027 yil yakunlanardi.

26 yoshli Kunde  2022 yilda "Barselona"ga o'tgandi. U shu vaqtdan buyon jamoa tarkibida 141 o'yinda qatnashib, 7 gol va 18 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbarcelona.cat