"Barselona" Arturning tanishtiruv marosimiga muxlislarni kiritmaydi

Aslanov Jasurbek
12 iyul 2018, 13:07
"Barselona" o'z rasmiy saytiga "Gremio"dan xarid qilingan Arturni tanishtirish marosimi bo'yicha ma'lumot yukladi.

Unga ko'ra, futbolchini tanishtirish marosimi 12 iyul kuni "Barselona"ning uy stadioni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. Ayni damda arenada ta'mirlash ishlari ketayotganligi tufayli, Kataloniya klubi bu marosimga muxlislarni kiritmaslikka qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" Artur transferi uchun "Gremio"ga 31 mln. evro va bonus sifatida yana 9 mln. evro to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia