"Barselona", "Arsenal" va MYU portugaliyalik yarim himoyachiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
5 mar 2022, 20:37
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh Yevropa top-klublari nazariga tushdi.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli xavbekka Ispaniyaning "Barselona", Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Arsenal" jamoalari da'vogar bo'lib turishibdi.

Nevesh "Vulverxempton"ga 2017 yilda o'tgandi. 

U ushbu mavsumda 27 o'yinda 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Yarim himoyachining amaldagi kelishuvi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt Neveshni 40 mln evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail