"Barselona" "Arsenal" bilan Vermalen transferini kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
9 avg 2014, 15:36
Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.
Malum bo'lishicha, kataloniyaliklar 29 yoshli futbolchi borasida "Arsenal" bilan 19 million evro evaziga kelishuvga erishgan.

Vermalenni "Manchester Yunayted" ham xarid qilishni xohlagandi, ammo "to'pchilar" murabbiyi futbolchini "Barselona"ga ravo ko'rdi.  "Barselona" PSJdan Markinosni o'z safiga qo'sha olmaganidan so'ng, londonliklar futbolchisi bilan qiziqib qolgan edi. Buning oqibatida Vermalen Kataloniyaga yo'l oladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com