

Jurnalist Xaver Migelning yozishicha, “ko'k-anorranglilar” xo'jayinlari yarim himoyachini ushbu yozda qo'lga kiritishga harakat qilishadi. Ma'lumotlarga ko'ra, marokashlik futbolchi 2022 yilgi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirokidan so'ng, joriy yilning yanvar oyida Ispaniyaga ko'chib o'tishga juda yaqin edi, biroq transfer amalga oshmay qolgandi.
Amrabat 2020 yildan buyon “Fiorentina” safida to'p tepadi. Marokashlik xavbek "binafsharanglilar" libosida 98 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali klub bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgan 26 yoshli yarim himoyachini 25 million evroga baholamoqda.



