“Barselona” 2014 yilgacha yangi stadion bo'yicha qaror qabul qiladi

24 iyul 2013, 12:41
“Barselona” klubi moliya rahbari Xavier Faus joriy yilning oxirida ishqibozlarning sevimli stadioni taqdiriga oydinlik kiritiladi dedi.
Xavier Faus joriy 2013 oxirigacha klub “Nou Kamp”da qolishi, yoki yangi stadion qurilishi haqida qaror qabul qilishini ma'lum qildi.

“Biz moliyaviy tomondan qaysi biri manfaatliroq bo'lishini bilmaymiz. Ayni vaqtda uchta loyihamiz bor, bular: hozirgi stadion o'rnida yangisini qurish, yangi stadionni uning yonida qurish, boshqa joyda qurish”.

"Biz qaror qabul qilishga shoshilmoqchi emasmiz. Yil oxirida referendum o'tkazish uchun hozir hamma narsani tayyorlab qo'ymoqchimiz”.

Manba: goal.com