

O'yinning birinchi taymida esa, "Barsa" hujumchisi Ansu Fati jarohat oldi. As bergan ma'lumotga qaraganda, Fatiga "sonning ikki boshli muskulining jiddiy jarohatlanishi" tashhisi qo'yilgan. Agar bu tashhis to'liq tibbiy tekshiruvdan so'ng tasdiqlansa, futbolchi eng kamida bir oyni o'tkazib yuboradi.
Rasmiy ma'lumot to'liq tekshiruvdan so'ng ma'lum qilinadi.



