"Barsa" va De Yong shartnomani 2028 yilgacha uzaytirishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
15 sen 2023, 08:44
"Barselona" va yarim himoyachi Frenki de Yong shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Avvalroq kataloniyaliklar yarim himoyachiga "klubdagi qiyin iqtisodiy vaziyat"ga moslangan shartnoma taklif qilgandi. 

Ma'lum bo'lishicha, ayni paytda tomonlar 2028 yilgacha bo'lgan shartnoma masalasida muzokara olib borishmoqda. Unga ko'ra, futbolchining maoshi yildan-yilga ko'tariladigan bo'ladi. 

De Yongning hozirgi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS