"Barsa" Leo bilan kuchliroq. Yakuniy qarorni uning o'zi qabul qiladi"

16 yanv 2021, 23:34
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya Superkubogining 1/2 finalida "Sosedad"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborgan L. Messi haqida gapirdi.

"Oxirgi so'zni doim o'yinchining o'zi aytadi. Uning tanasi qanday reakciya berishini bilish uchun ertalabgacha kutishimiz kerak. Umid qilamanki, u ertaga maydonga tusha oladi.

Jamoa Leo bilan kuchliroq, bizga uning ijodkorligi va samaradorligi yetishmayapti. Agar u ertaga o'ynamasa, o'z o'yinimizni namoyish qilishga harakat qilamiz. Barcha futbolchilar 100% tayyor bo'lishi kerak.

Oldinda yana ko'plab uchrashuvlar bor, bu mavsumning so'nggi o'yini emas. Xullas, yakuniy qarorni Messi qabul qiladi. Uning o'ynash yoki o'yinga tayyor emasligi ertaga ertalab oydinlashadi", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Mamlakat superkubogi finali 17 yanvar oqshomida o'tkaziladi. Yakuniy bahsda "Barselona"ga Bilbaoning "Atletik" jamoasi raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca