Balotelli nima sababdan “Yuventus”ga o'tmaganini aytdi

30 apr 2020, 08:58
Mario “Yuventus”ni emas, balki “Milan”ni tanlagani haqida gapirdi.

“Manchester Siti”dan so'ng “Yuventus”ga o'tishga hozirlik ko'rayotgandim. Ammo so'nggi daqiqalarda men bilan Adriano Galliani bog'landi. “Milan” tomonidan aniq qiziqish bildirildi va men ham qarorimni o'zgartirdim. Men “Milan” muxlisiman va qalbim bilan qaror qabul qildim. O'sha vaqtlarda “Milan” A Ceriya musobaqa jadvalining o'rtalarida edi. Albatta, “Yuventus”ga o'tish ancha aqlli qaror bo'lardi, ammo men faqat “Milan”ga o'tishni xohlagandim”, - deydi Balotelli.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia