Balotelli muxlislar va futbolchilardan uzr so'radi

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013, 11:17
"Milan" hujumchisi Mario Balotelli Italiya chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Napoli"ga qarshi o'yindan (1:2) keyingi harakatlari uchun uzr so'radi.
Balotelli o'sha o'yindan so'ng hakamga qattiq etiroz bildirgani uchun qizil kartochka oldi va uch o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

– Birinchi navbatda men jamoadoshlarimga pand berdim, – deydi Balotelli La Gazzeta dello Sport nashriga. – Jamoa har kuni g'alaba qozonish uchun tinmay ishlaydi, bunday harakatlar esa bu mehnatni bir pul qiladi. Men "Milan"ning har bir futbolchisi va muxlisidan uzr so'rayman. Xatoimni tan olaman. Provokaciyaga berilib o'zimni tutib tura olmadim. Bundan keyin o'zimni qo'lga olishga harakat qilaman.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru