Balotelli jurnalistlarga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2020
"Breshia" hujumchisi Mario Balotelli klubdagi hozirgi holati haqida so'z ochdi.

“Qanday qilib OAV mening mashg'ulot o'tkazmayotganimni yozishi mumkin?  Mashg'ulot olib borayotgan paytimda bir nechta jurnalistlar shu yerda bo'ladi, aniqki, o'z kameralari bilan.

Men kuniga ikki mahal mashg'ulotlarda ishtirok etyapman va deyarli har kuni! Qanday qilib siz bu dalillarni rad qilishingiz mumkin? Men o'zimni kameralarga ko'rinmaydigan sharpa deb o'ylamagan edim.

Vaqti kelganda hammasini aytib beraman. Shunda siz barchasini tushunasiz", - deb yozdi Balotelli Instagram'dagi sahifasida.

Avvalroq, Balotelli "Breshia" mashg'ulotlaridan chetlatilgani va yakka tartibda shug'ullanayotgani haqida ma'lum qilingan edi. Shuningdek, "Breshia" prezidenti italiyalik mavsum oxirida klubdan kyetishini tasdiqlagandi.

Hujumchi ushbu mavsum A Seriyada 19 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/mb459