Balotelli Barselona va Parma bilan o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2013, 20:45
Milan hujumchisi Mario Balotelli jarohati bois jamoasiga keyingi o'yinlarda yordam bera olmaydi.
23 yoshli Italiya terma jamoasi hujumchisi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng qachon maydonga qaytishi aniq bo'ladi.

Balotelli bugun Udinezega qarshi o'ynay olmaydi, shuningdek Barselona (22 oktyabr) va Parma (27 oktyabr)ga qarshi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.

 Bu mavsumda futbolchi Italiya A seriyasida 4 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru