Bakka: "Milan"da baxtliman"

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2017
Hujumchi Karlos Bakka "Milan"ni tark etmoqchi emas.

Oldinroq kolumbiyalik "Sevilya"ga qaytishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

"Milan" bilan shartnomam 3 yildan so'ng yakuniga etadi. "Milan"da baxtliman va uni tark etishni istamayman. Transfer oynasi ochilsa, xotirjam bo'laman. 5 iyul kuni  mashg'ulotlarga qaytaman.

O'tgan mavsum men uchun yaxshi o'tmadi. Ammo bu meni yanada yaxshiroq ishlashga undaydi" - deydi Bakka.

So'nggi mavsum Bakka A Seriyaning 32 ta uchrashuvida maydonga tushib, 13 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal