

9-turdan o'rin olgan ilk kungi uchrashuvda "Buxoro" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. Turnir jadvalining quyi pog'onasida ketayotgan buxoroliklar bu mavsum hisobidan to'rtinchi bor uyda o'ynaydi. Jamoa mezbon sifatida so'nggi bor 2022 yilning noyabr oyida Pro ligada g'alaba qozongan, Superligada esa hozircha bu o'xshagani yo'q.
Buxoroliklarning "Metallurg" bilan o'zaro o'yinlardagi g'alabasiz seriyasi 5ta o'yinni tashkil qilmoqda. Ulug'bek Bakaev shogirdlari so'nggi bor Superliga doirasida 2018 yil bekobodliklardan ustun kelgan (1:0). O'shanda ham jamoani aynan Bakaev murabbiy sifatida maydonga boshlab tushgan.



