Bahrom Haydarov: "O'z uyimizda ketma-ket ikkinchi o'yinda uchta gol urdik"

Narzulla Saydullayev
19 okt 2018, 22:23
“Neftchi” – “Qizilqum” uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov quyidagicha fikr bildirdi:

- Bugun ancha shakllangan jamoaga qarshi bahs olib bordik. “Qizilqum” jamoasi ancha vaqtdan buyon asosiy tarkib o'zagida katta o'zgarishlar qilmasdan yaxshi o'yin ko'rsatib kelyapti. Shunday raqibga qarshi o'yinni o'z foydamizga hal qilganimizdan mamnunman. Shogirdlarim bugun ancha dadil o'ynashdi. Omad ham bizning tarafimizda bo'lganini ayta olaman. Mana ikkinchi o'yindirki, o'z maydonimizda 3 tadan gol kiritishning uddasidan chiqyapmiz. Sekin-asta hujumchilarimiz ham gol ura boshlashyapti. Bundan juda ham xursandman va bugungi g'alabani farg'onalik asl futbol shinavandalariga bag'ishlaymiz, - dedi murabbiy.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати