Bahriddin Vahobov: "JCHda Braziliyaga muxlislik qilaman"

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2014, 09:31
Yana bir necha kunlardan so'ng barchamiz orziqib kutayotgan jahon chempionati o'yinlariga start beriladi.
Nufuzi bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadigan musobaqani sayyoramizdagi barcha futbolchi ishqibozlari intiqlik bilan kutayotgani rost. Mazkur JCH oldidan mamlakatimiz futbolidagi muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan shaxslar bilan qisqa intervyular uyushtirib, o'quvchilarimiz hukmiga havola etishni lozim topdik. Bu borada dastalbki mehmonimiz Buxoro hujumchisi Bahriddin Vahobov bo'ldi.

- Bahriddin aka, ko'pchilik orziqib kutayotgan JCH o'yinlari boshlanishiga ham oz muddat qolmoqda. Siz qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
- 20 yildirki, har doim Braziliya terma jamoasiga muxlislik qilib kelganman. Nima uchun aynan Braziliya? To'g'risi, bilmadim. Balki bu terma jamoaning hujumkor taktikada o'ynagani uchun yoqtirarman. Chunki o'zim ham oldingi chiziq vakiliman.

- Unda aytingchi mundialda qaysi hujumchiga fanatlik qilasiz?
- Shubhasiz Krishtianu Ronalduga!

- Sizningcha qaysi terma jamoasi musobaqa kashfiyoti bo'lishi mumkin?
- Nazarimda, Rossiya terma jamoasi.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia