Bahrayn Jahon va Olimpiada chempioni boshchiligida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
28 mar 2016, 15:30
Ertaga JCH-2018 saralashi doirasida O'zbekiston - Bahrayn o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.

Ayni paytda Bahrayn terma jamoasini argentinalik mashhur futbolchi Serxio Batista boshqarib bormoqda. Bu murabbiy haqida o'quvchilarimizga ma'lumot berishga qaror qildik.

Serxio Batista 1986 yil Meksikada bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib chiqqan. 1990 yilgi Jahon chempionatida Argentina bilan birga finalga qadar yetib borgan va mundialda ikkinchi o'rinni band etgan. Faoliyatini asosan Argentina klublarida o'tkazgan va mamlakatning  eng taniqli tayanch yarim himoyachilaridan biri hisoblangan.

Serxio Batista (2-raqamda) JCH-1986 vaqtida

2008 yilgi yozgi Olimpiada o'yinlarida Batista Argentina olimpiyachilarini chempion qilgandi. Ushbu jamoada Lionel Messi, Serxio Aguero, Ezikel Garay, Pablo Sabaleta, Fernando Gago, Ever Banega, Ezikel lavessi, Xuan Roman Rikelme, Anxel Di Mariya, Xaver Maskerano va Serxio Romero kabi futbolchilar o'ynagandi.

Argentina Olimpiada chempioni!


2010 yilgi Jahon chempionatidan so'ng Diego Maradonaning o'rniga Batista milliy terma jamoani boshqargan. Biroq 2011 yilda Argentina o'tkzilgan Amerika Kubogidagi omadsizlik tufayli u iste'foga chiqarilgan. O'sha musobaqada Messi boshchiligidagi jamoa chorak finalda to'xtashga majbur bo'lgandi.

2011 yil Xitoy superligasining “Shanxay Shenxua” klubiga boshchilik qilgan. 2015 yildan Bahrayn terma jamoasida ishlab kelmoqda.


Serxio BATISTA
Tug'ilgan sanasi
: 09.11.1962
Tug'ilgan joyi: Buenos Ayres, Argentina
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1981–1988 “Argentinos Xuniors” 253 (25), 1988–1990 “River Pleyt” 52 (2), 1991 “Argentinos Xuniors” 19 (0), 1992–1993 “Nueva Chikago” 5 (0), 1995–1996 “Tosu Fyuchers” 95 (5), 1997–1999 “Oll Boyz” 60 (1).

Argentina terma jamoasida 1985-90 yillarda 39 uchrashuv o'tkazgan.

Boshqargan jamoalari: 2000 “Bella Vista”, 2001–2003 “Argentinos Xuniors”, 2003 “Talleres”, 2004 “Argentinos Xuniors”, 2004–2005 “Nueva Chikago”, 2007 “Godoy Kruz”, 2007–2010 Argentina olimpiya terma jamoasi, 2010–2011 Argentina terma jamoasi, 2012–2014 “Shanxay Shenxua”, 2015 yildan Bahrayn terma jamoasida.

Erishgan yutuqlari: Argentina chempioni-1984, 1985, 1990, Libertadores Kubogi sohibi-1985, jahon chempioni-1986, yozgi Olimpiada g'olibi-2008.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia