

Bahrayn futbol assotsiatsiyasi OFKga 2023 yili o'tkazilishi kerak bo'lgan U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qila olmasligini ma'lum qildi. OFK esa bu talabni qabul qilgan.
Bahrayn futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Rashid Al Zoubi OFKga assotsiatsiya ushbu yosh toifasidagi qita birinchiligini qabul qila olmasligidan afsusda ekanligini ma'lum qilgan. Bahrayn futbol assotsiatsiyasi ushbu turnirni qabul qilishni juda istayotgani, ammo bazi omillar aynan shunday qarorga kelishga majbur qilganini qo'shimcha qilgan.
OFK qaroriga ko'ra, Bahrayn U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogining yakuniy bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olish imkoniyatidan ayrildi.
OFK tez orada ushbu musobaqaning yakuniy bosqichiga mezbonlik qiluvchi mamlakat nomini e'lon qiladi.



