

Unda "Hatta" jamoasi o'z maydonida "Kalba"ni qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jamoaning uchinchi golini hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov kiritdi.
U uchrashuvning 55-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgandi.
"Hatta" - "Kalba" 4:0
Gollar: Miral Samarjich (27, 80), Jonatas (64-pen), Dostonbek Hamdamov (69).
"Ayman" maydoniga safar uyushtirgan "Sharja" ham o'z hisobiga navbatdagi yirik g'alabani yozdirib qo'ydi. Uchrashuvda Otabek Shukurov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
"Ayman" - "Sharja" 0:3
Gollar: Abdulrahmon Rakan (60-avtogol), Igor Koronado (72, 75).



