BAA chempionati. "Shabab Al Ahli" g'alaba qozondi va 3-o'ringa ko'tarildi, G'aniev uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2022, 20:07
Birlashgan Arab Amirliklari chempionati 13-turidan o'rin olgan "Shabab Al Ahli" – Xorfakkan" bahsi nihoyasiga etdi.

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Shababa Al Ahli" klubi yarim himoyachisi Aziz G'aniev bahsda to'liq 90 daqiqa o'ynadi va jamoasi g'alabasida katta hissa qo'shdi.

"Shabab Al Ahli" – "Xorfakkan" 3:1

Gollar: Umar Abdulrahmon 27', Gilerme 58', Yaxyo Al Gassani 90' – Volid Abbos avtogol 55'  

"Shabab Al Ahli"ning keyingi uchrashuvi 16 yanvar kuni BAA prezidenti kubogi chorak finali doirasida "Sharja"ga qarshi kechadi.

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia