BAA Pro ligasi. "Dibba" o'z uyida "Xorfakkan"dan ustun keldi, Abdullaev bahsda to'liq harakat qildi

Alisher Ostonov
8 yanv 2026, 22:09
BAA Pro ligasi 12-tur doirasidagi "Dibba" - "Xorfakkan" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs taqdiri mezbonlar yarim himoyachisi Saymon Kabralning 57-daqiqasida urgan goli bilan hal bo'ldi. Qayd etish kerakki, 75-daqiqada mehmonlar hujumchisi Tariq Tissudali penaltini golga aylantira olmadi.

"Dibba"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Abdulla Abdullaev o'yinda to'liq harakat qildi.

"Dibba" 12 turdan so'ng 9 ochko bilan 14 jamoa ishtirokidagi ligada 12-o'rinda bormoqda, "Xorfakkan" esa 11 ochko bilan 10-o'ringa joylashgan.



 

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia