BAA bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi"

Aslanov Jasurbek
12 okt 2024, 11:29
BAA bosh murabbiyi Paulu Bentu JCH-2026 3-saralash bosqichida doirasida KXDRga qarshi o'yindan so'ng (1:1) matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz g'alabaga loyiq emasdik, sababi kutilganidan kuchsizroq o'yin namoyish etdik, taktik ishlanmalarni amalga oshira olmadik.

O'yinda g'alaba qozonsangiz, hammasi yaxshi bo'ladi, g'olib bo'lmasangiz - aksincha. 3 tur yakuniga qaramay, bizda 4 ochko mavjud va biz hamon mundial yo'llanmasi uchun kurashdamiz. Bazi raqiblarimiz kuchli bo'lishiga qaramay, oldindagi har bir uchrashuvla g'alaba qozonish uchun kurashni davom ettirishimiz kerak.

Natijada va ko'rsatgan o'yinimizdan mamnun emasman. Umid qilamanki, keyingi bellashuvlarda vaziyat o'zgaradi. Kelasi hafta bizni O'zbekistonga qarshi qiyin o'yin kutib turibdi", dedi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, BAA terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini mehmonda O'zbekistonga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 15 oktyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia