Kayo Lukas: "O'zbekistonga qarshi o'yinga to'liq tayyormiz"

Оқил Абдубарноев
1 iyun 2025, 10:10
Birlashgan Arab Amirliklari hujumchisi Kayo Lukas jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekistonga qarshi kutilayotgan o'yin qanchalik qiyin bo'lishiga qaramay, futbolchilar jiddiy sinovga to'liq tayyor. 

Ushbu bellashuv terma jamoamizning Jahon chempionatiga yo'l olishida muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab turibmiz. Shu bois, ijobiy natija qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni sarflaymiz", dedi 31 yoshli hujumchi.

Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.


Yaponlar tufayli futbolni tark etish fikridan qaytgan, "Real"ga qarshi finalda assist qayd etgan hamda O'zbekistonning uchta klubiga gol urgan Kayo Lukas bilan yaqindan tanishamiz.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia