

Real Belgiya futbol federatsiyasiga futbolchi borasida murojaat bilan chiqqan. Azar ushbu haftada qirollik klubining a'zosi sifatida rasmiy tarzda e'lon qilingandi. Shu sababdan, madridliklar rahbariyati 28 yoshli vingerni 13 iyun sanasida bo'lib o'tadigan tanishtiruv marosimiga qadar, jurnalistlar bilan ko'rishmaslikka chaqirgan.
Eslatib o'tamiz, Eden Azar Evro-2020ning saralash bahsi doirasidagi Qozog'istonga qarshi o'yinda (3:0) maydonga tushib, o'z hisobiga golli uzatma yozib qo'ygandi. Belgiyaliklar I guruhidagi 4-tur bahsini 11 iyun kuni Shotlandiyaga qarshi o'tkazadi.


