Azar umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi

25 okt 2020, 20:27
Bugun Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar jamoadoshlari bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazdi.

Marca xabarida takidlanishicha, 29 yoshli belgiyalik futbolchi so'nggi kunlarda yakka tartibda shug'ullanayotgan bo'lgan. Azar sentyabr oyining oxirida mushaklarini shikastlab olgan edi.

Ma'lumot uchun, "Real" 27 oktyabr kuni "Borussiya M"ga qarshi (YCHL, 2-tur) o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca