Azar, Ramos va Kross “Bryugge”ga qarshi maydonga tushishmaydi

9 dek 2019, 22:43
Qirollik klubi YCHL 6-turi doirasida “Bryugge”ga qarshi bahs uchun qaydnomasini e'lon qildi.

19 nafar futbolchidan iborat ro'yxatdan hujumchi Eden Azar, himoyachi Serxio Ramos va yarim himoyachi Toni Kroos joy olishmadi.

Real: Kurtua, Areola, Altube, Karvaxal, Militao, Varan, Nacho, Odriosola, Mendi, Modrich, Kazemiro, Valverde, Isko, Beyl, Dias, Benzema, Yovich, Vinisius, Rodrigo.

YCHL 6-turi doirasidan o'rin olgan “Bryugge” – “Real” bahsi 11 dekabr, chorshanba kuni Bryuggedagi “Yan Breydel” stadionida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com