Azar qishda "Real"dan ketishi mumkin. Anchelotti unga ishonch bildirmayapti

Alisher
18 yanv 2022, 15:28
"Real" yarim himoyachi Eden Azarni qo'yib yuborishga tayyor.

Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti belgiyalikka ishonch bildirmayapti. Xavbek Ispaniya Superkubogi doirasidagi ikkita o'yinda ham maydonga tushirilmadi.

31 yoshli o'yinchining "Real"dan qishdayoq ketishi istisno etilmayapti, ammo uning yuqori maoshi yangi klub topishni qiyinlashtirishi mumkin.

"Real" ushbu yilda 5ta o'yin o'tkazdi, ammo Azar asosiy tarkibda faqat bir bor maydonga tushdi. Bir bor uni zaxiradan tushirishdi, qolgan uch o'yinni esa zaxirada o'tkazdi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca