Azar: "Kamroq "bulochka" eyishga harakat qilyapman, lekin bu oson emas"

Tolibjon Qosimov
13 apr 2020, 11:03
Belgiyalik o'zining fitnes tayyorgarligi haqida gapirdi.

"Real" vingeri Eden Azar karantin sharoitida formasini ushlab turish jarayoni haqida aytib o'tdi, u dietaning qiyinchiliklarini ham eslab o'tdi.

"Bu men uchun qiyin. Men ko'p egulik istemol qilmaslikka harakat qilyapman. Oshxonaga "bulochka"lar uchun kirmaslikka harakat qilayapman, lekin bu oson emas.

Fizioterapevt bilan onlayn ishlayapman. U bu erga kela olmaydi, chunki betob bo'lib qolgan va uyda qolish kerak. Biz 10 kun oldin boshladik va u uyidan menga video jo'natmoqda. To'pig'im ahvolini yaxshilash ustida ishlayapman va buni uy sharoitida nima qilish mumkin bo'lsa, hammasini bajaryapman", - deya Azarning so'zlarini keltirdi "RTBF".


Oldinroq, ispan OAVlari belgiyalik futbolchi may oyining oxirida jarohatdan to'liq forig' bo'lishini xabar qilishgandi.


Azar ortiqcha vazn bilan kurashishda davom etmoqda

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: rtbf.be