Azar Anchelottining "Real"ga kelishiga munosabat bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2021, 09:53
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar Karlo Anchelottining bosh murabbiy etib tayinlanishiga o'z munosabatini bildirdi.

"Real"da Anchelotti ushbu klub uchun nimalar qilganini bilishadi. U Chempionlar ligasini yutgan, ushbu tarkibda ko'p futbolchilarni biladi. Biz esa bu murabbiy katta tajribaga ega ekanligidan xabardormiz. U shahar va muxlislarni biladi. O'ylaymanki, biz birgalikda ko'p narsalarga erisha olamiz. 

Uni shaxsan bilmayman. Ammo eshitishim bo'yicha u yoqimli inson va doim g'alaba qozonishni istaydi. Buni barchamiz istaymiz. Endi birga ishlash imkoniyati bo'ladi. Bu men uchun yaxshi xabar", - dedi Azar. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca